Turkiya hukumati AQShga, go‘yoki, Saudiya Arabistonining jurnalist Jamal Xashkajiyning o‘ldirilishiga aloqadorligini tasdiqlovchi videoyozuvlarni ko‘rsatgan. Bu haqda muxbir bilan hamkorlik qilgan Washington Post nashri xabar berdi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Bunda gap Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elchixonasida olingan audio va videoyozuvlar haqida bormoqda. Ularda jurnalistni elchixona binosida so‘roq qilishgani, qiynashgani va oxir-oqibat o‘ldirishganini eshitish mumkin.

Jurnalist 2-oktabr kuni g‘oyib bo‘lgan. U konsulxonaga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kirgan, biroq qallig‘ini kiritishmagan. Besh soatdan keyin qizga Xashkajiy allaqachon binodan chiqib ketganini aytishgan.

Turkiya hukumati fikricha, saudiyalik jurnalist Jamal Xashkajiy Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.