“Turkiston” san’at saroyida 24—25-oktybr kunlari “Arman va o‘zbek” deb nomlangan yumor-shou bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.
“Fortuna media grupp” MChJ ma’lumotiga ko‘ra, yumor-shou tomoshasida “Qiyshiq ko‘zgu” (“Krivoye zerkalo”) ko‘rsatuvi ishtirokchilari – Obid Asomov, Karen Avanesyan, shuningdek, parodiyalar ustasi Luiza Oripova tomoshabinlarga kulgi ulashadi.
Tomosha oldidan jurnalistlar bilan “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kulgi va yumor janrining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi.