Avstraliyaning Kvinslend shtatida tornado bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 12-oktabr kuni TCH xabar qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Shiddatli shamol soatiga 144 kilometr tezlik bilan harakatlangan. Dastlab shaharga o‘lchami tennis shariga teng bo‘lgan do‘l yopirilgan. Shundan so‘ng bo‘ron va kuchli jala boshlangan.
Tornado oqibatida minglab uylar elektrsiz qolgan. Noqulay ob-havo uylar va mahalliy hosilni barbod qilgan.