AQShda “Maykl” tropik dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Virjiniya shtati favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, shtatning besh nafar fuqarosi “Maykl” dovuli qurboni bo‘lgan. 520 ming kishi esa elektr tokisiz qolgan.

11-oktabr, payshanba kuni “Mayk” dovuli (markazi Jorjiyaning markaziy qismida bo‘lgan) tropik dovul darajasigacha zaiflashgan, shamolning maksimal tezligi soatiga 120 km bo‘lgan. Dovuldan yetgan zarar milliardlab dollarga baholanmoqda.