Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish, ularning oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish maqsadida viloyatning tegishli tashkilot, muassasa va xizmatlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bu haqda boshqarma “Daryo”ga ma’lum qildi.
BMTning 2009-yil 21-dekabrdagi 64/200-sonli rezolyutsiyasiga asosan 13-oktabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb e’lon qilingan.
Mazkur sana munosabati bilan dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida turli tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etiladi. Xususan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ham Navoiy shahridagi Viloyat bolalar markaziy shifoxonasi, Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat arxivi, 4-sonli oilaviy poliklinika, “Kimyogar” MFY,“Yangiariq” MFY, 2-, 5-, 11-, 17-sonli umumta’lim maktabi, Navbahor tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi, “Paxtakor” MFY, Karmana tumanidagi Viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, Karmana avtoshoh bekatida “Ko‘hna qo‘rg‘on” MFY, “Bog‘ishamol” MFY, “Farhod” MFY, 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, 24-sonli umumta’lim maktabi, Xatirchi tumanidagi Viloyat bolalar markaziy shifoxonasi, Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat arxivi, 4-sonli oilaviy poliklinika, “Kimyogar” MFY, Xatirchi tumanidagi 85-sonli umumta’lim maktabi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, “Damariq” MFY, “Ibn Sino” MFY, “Saroy” MFY, “A.Navoiy” MFY, Qiziltepa tumanidagi 21-, 26-sonli umumta’lim maktablari, Xatirchi tumanidagi Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji, 28-, 18-sonli umumta’lim maktablari, “Mustaqillik” MFY, “Bog‘ishamol” MFY, “Damariq” MFY, “Paraxun” MFY, Konimex tumanidagi 7-, 40-sonli umumta’lim maktablari, tuman avtoshoh bekati, “Sho‘rtepa” MFY, “Navro‘z” MFY, 2-sonli MTM va Zarafshon shahridagi “Miraj” bog‘dorchilik jamiyati hududi, “Tinchlik” MFY, 2-sonli umumta’lim maktabida seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
O‘tkazilgan ushbu seminar, uchrashuv va davra suhbatlariga jami 16 745 nafar ishtirokchi jalb etilib, mavzuga oid 6 mingdan ortiq eslatma va buklet tarqatildi
Bu kabi profilaktik tadbirlar viloyat aholisi va hududlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida muhim qadam bo‘lmoqda.
Izoh (0)