8-oktabr poytaxtning Chilonzor tumanida, “Mirzo Ulug‘bek” metrosida IIBB xodimlari joriy yil iyunidan buyon qidirilayotgan 20 yoshli Nilufar A.ni qo‘lga oldi. Bu haqda Repost nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, qiz giyohvand moddalar tayyorlash, xarid qilish va saqlash bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Unga nisbatan hibsga olish shaklidagi cheklash chorasi belgilandi.
Izoh (0)