O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin va 18 yoshli kanadalik Feliks Aliassim Oge o‘rtasida Toshkent Chellenjerining chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsda Kanada vakili g‘alaba qozonib, musobaqada ikkinchi bo‘lib saralangan tennischini chiqarib yubordi, deb xabar beradi Turon24 AA.

Foto: Turon24 AA

1 soat-u 17 daqiqa davom etgan bahda 6-7 va 3-6 hisoblari bilan kanadalik yosh tennischi g‘alaba qozondi. ATP reytingida 87-o‘rinda borayotgan Istomin chorak finalga qadar Italiya va Qozog‘istondan tashrif buyurgan tennischilarni mag‘lub etishgan erishgandi.

Feliks Aliassim Ogening keyingi bosqichdagi raqibi belaruslik Yegor Gerasimov bo‘ladi. Yarim finalga, shuningdek, rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.