Samarqand shahrining Registon maydonida O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Samarqand viloyati hokimligi, adliya boshqarmasi va tegishli idoralar mas’ul xodimlari o‘quvchi-yoshlar, keng aholi qatlamiga jamiyatdagi huquqiy munosabatlar, keyingi paytda qabul qilingan qonunlar va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularning ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Advokatlar, notariuslar va viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ishtirokchilarga huquqiy maslahat berib, ularning savollariga batafsil javob qaytardi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida turli tanlov va viktorinalar ham tashkil etilib, faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Madaniy dasturlar namoyish etildi.
Fleshmob davomida aholiga Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan huquqiy qo‘llanma va eslatmalar tarqatildi.
Izoh (0)