Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.A. tadbirkor M.A.dan Qumqo‘rg‘on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 gektar yer maydonini noturar-joy sifatida berilishini va’da qilib, 5 ming dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)