Oligarx Boris Berezovskiyning do‘sti, “Aeroflot” rahbarining sobiq o‘rinbosari Nikolay Glushkov (2018-yil bahorida Londonda o‘ligi topilgan) FXX aviakompaniyadan qanday foydalanishi haqida ko‘rsatma berish niyatida bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal sharhlovchisi Alan Kallison ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Glushkov tanishlari bilan suhbatda o‘z rejalarini o‘rtoqlashadi. Rossiya maxsus xizmatlarining aviakompaniya bilan aloqalari haqida sudda ko‘rsatma berishidan avval, joriy yil mart oyida uning qizi 66 yoshli Glushkovni Janubiy Londondagi uyida bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topadi.

Britaniya politsiyasi hodisani qotillik sifatida baholamoqda. Avgust oyida Skotlend-Yard kuzatuv kameralari muhrlagan videoni e’lon qildi: unda Glushkovning uyi oldida o‘limi kuni qora mikroavtobus turgani aks etgan.

Ushbu voqea Solsberida GRU sobiq josusi Sergey Skripalni zaharlashga urinishdan bir hafta o‘tib yuz berdi.

Jurnalistga ko‘ra, Glushkov 90-yillarda “Aeroflot”ning 14 ming xodimidan kamida 3 ming nafari FXX xodimi bo‘lganini da’vo qilgan. U maxsus xizmat rahbariga ularga o‘zi maosh to‘lashini taklif etganidan so‘ng tayziqlar boshlangan.