Namangan shahrida shu yil 3-oktabr kuni noma’lum shaxs Sharq Tongi mahallasi hududida “Maorif” MFYda yashovchi I.Q. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Lacetti rusumli avtomashina salonidan 3 mln 900 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: bibi.uz

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi Sh.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.