2018-yilning 9-oktabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillaridan iborat delegatsiya Hamkorbank aksiyadorlik-tijorat bankining bosh ofisiga tashrif buyurdi.

YeTTBning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha dasturi rahbari Nadya Petkova boshchiligidagi delegatsiya tarkibida YeTTBning Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Nodira Mansurova va vakolatxonaning yetakchi bank xodimlari Muzaffar Hakimov va Sherzod Akbarov ham ishtirok qildi.

YeTTB va Hamkorbank o‘rtasidagi uchrashuv mobaynida tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi vositalari orqali jamg‘ariluvchi risklarda qatnashish bo‘yicha Kelishuv hamda Tavakkalchiliklarda jamg‘arilmaydigan ishtirok bo‘yicha Kelishuvlar imzolandi.

Imzolangan kelishuvlarning umumiy qiymati 15 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur kelishuvlar YeTTB va Hamkorbank o‘rtasida tavakkalchiliklarni taqsimlash yo‘nalishida yangi bosqichni ochib beradi.

Eslatib o‘tamiz, Hamkorbank ATB va YeTTB 16 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik davomida YeTTB bir necha bor Hamkorbank’ni O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkor sifatida e’tirof etgan.

Reklama huquqi asosida