Bugun, 11-oktabr kuni kechasi soat 04:30 larda Toshkentning Sergeli tumanidagi Sputnik-7 massivida yong‘in chiqqani haqida poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasiga murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Yong‘in teri-tanosil kasalliklari dispanseri balansida turuvchi va maishiy ehtiyojlar uchun moslashtirilgan binoda yuz bergan.

Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari hodisa joyiga olti daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 05:44 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning ichki qismi, tomining bir qismi yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Taxmin qilinishicha, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yuzaga kelgan.