AdMe qirollik oilasi va oqsuyaklar sulolasi vakillarining aktyorlar bilan turmush qurishiga bog‘liq holatlarni yodga oldi.
Amerikalik aktrisa Rita Xeyvort 1949-yilda Pokiston shahzodasiga, Og‘a Xon III ning o‘g‘li Ali Xonga turmushga chiqib, malika unvoniga ega bo‘lgan. 1953-yilda ajrashgan.
Yana bir Gollivud aktrisasi Greys Kelli Monako knyazi Renye III bilan turmush qurib, Monako knyaginyasiga aylangan, ammo 52 yoshida YTH oqibatida vafot etgan.
Oliviya Uayld esa 2003—2011-yillarda italyan aristokrati, knyaz Alessandro Raspolining o‘g‘li — rejissor Tao Raspoli bilan turmush qurib yashagan.
Albaniyalik aktrisa Eliya Zaxariya 2016-yilda Albaniya valiahd shahzodasi Lekaga turmushga chiqqan.
Fransuz aktrisasi Klotilda Kuro va Venetsiya shahzodasi Emmanuel Filiberto de Savoy 2003-yilda turmush qurgan.
Amerikalik aktrisa Jeymi Li Kyortis 1996-yilda ingliz lordi va Xeyden-Gest 5-baroni Kristofer Gestga turmushga chiqib, baronessa unvoniga ega bo‘lgan.
Kasper Van Din 1999-yilda Yugoslaviya malikasi Yelizavetaning qizi Ketrin Oksenbergga uylangan, u onasi tomonidan Britaniya qirollik oilasiga aloqador va Birlashgan Qirollik taxtiga 1375-o‘rinda da’vogar.
Gollivud aktrisasi Megan Markl Buyuk Britaniya shahzodasi Garri bilan 2018-yil yozida turmush qurdi.