Surxondaryolik hayvon o‘rgatuvchi, o‘ziga tegishli qarg‘aga ko‘plab tillarda gapirishni o‘rgatgan Shodibek Choriyev 27 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga uning oila a’zolari ma’lum qildi.
Yigit 9-oktabr kuni olamdan o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u biriktiruvchi to‘qima diffirensiallashmagan diffuz kasalligi, kardit, gepatit va boshqa bir qancha kasalliklardan aziyat chekib kelgan.
Shodibek 1991-yili Surxondaryoning Sherobod tumanida tug‘ilgan. U O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Gosha laqabli 32 tilda so‘zlashuvchi qarg‘asi bilan mashhurlikka erishgan.