27—28-sentabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Oilani mustahkamlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya haqida Ispaniyaning Diario Arbat gazetasining internetdagi sahifasida maqola e’lon qilindi, deb yozadi O‘zA.
“Toshkent Ispaniya ishtirokidagi xalqaro anjumanni qutlaydi” sarlavhasi bilan chop etilgan maqola quyidagicha:
“27—28-sentabr kunlari Toshkentda ‘Oilani mustahkamlash va yangi avlodni voyaga yetkazishda mahalliy hokimiyat organlarining roli’ mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva raisligida o‘tkazildi. Unda Markaziy Osiyo mintaqasi va Yevropaning ko‘plab mamlakatlari, turli xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, BMT vakillari shular jumlasidandir.
Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, Armaniston, Hindiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Misr va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda Yevropa delegatlari orasida eng ko‘p sonli delegatsiya a’zolari bilan tashrif buyurgan Ispaniya ishtirokini alohida ta’kidlash zarur. Xususan, Madriddagi San-Pablo universiteti professori Antonio Alonso Markos, Yevro Osiyoning Ispaniya-Rossiya observatoriyasi prezidenti Fernando Moragon va Yevro Osiyoning Ispaniya-Rossiya observatoriyasi ijrochi direktori Mariya Grunik shular jumlasidandir.
Anjumaning barcha ishtirokchilari yuksak darajada tashkil etilgan tadbir va mehmondo‘stlikni alohida qayd etdi”.
Izoh (0)