Shu kecha kunduzda Jizzax viloyati Zomin tumani va Qashqadaryodagi Kitob dovoni qor bilan qoplandi. Birinchi qor suratlari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Foto: UZ24

Tarmoqlarda qoldirilayotgan xabarlarda Qamchiq dovonida ham bugun ertalab qor yog‘ishni boshlagani aytilmoqda.

Foto: UZ24

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 9—10-oktabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0... +5, kunduzi +5... +10 darajagacha tushadi.

Foto: UZ24

Foto: UZ24