Sanjar Xo‘jayev 2007-yil Fransiyaga til o‘rganish uchun kelgan. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan Sanjarbek O‘zbekistonda fransuz tilining boshlang‘ich saboqlarini olib, keyinchalik bilimlarini boyitish uchun Parij shahriga yo‘l oladi, deb yozadi O‘zA.
“Parij shahridagi Cours Florent teatr maktabida tahsil oldim, — deydi Sanjarbek. — Sababi, bu sohada fransuz tilining eng nozik va adabiy jihatlarini ham o‘zlashtirish mumkin. Uch yil shu sohada tahsil oldim va fransuz tilini mukammal o‘rgandim. Bundan tashqari fransuz madaniyatini ham chuqur bilishga harakat qildim. Ma’lumki, fransuz madaniyati va san’ati ham o‘zbek milliy an’analari kabi juda chuqur tarixga ega. Fransuzlar o‘zbek san’atini juda hurmat qilishadi va qadrlashadi. O‘qishni tamomlash arafasida ‘Shum bola’ asaridan parcha sahnalashtirib, fransuz aktyorlari ijrosida sahnaga qo‘ydim”.
Ayni paytda xususiy korxonada faoliyat yuritayotgan Sanjarbek Parijning Mehmonxona Boshqaruvi Akademiyasida menejment magistraturasini ham tugatgan. U kelgusida bu boradagi tajribalarni o‘zlashtirib, vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shish niyatida.
Izoh (0)