Bugun, 4-oktabr kuni Toshkent hokimligida Fransiyaning Decathlon kompaniyasi va Toshkent hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Decathlon (“Dekatlon”) kompaniyasi 70 dan ortiq sport turlari uchun sport tovarlarini yaratish, ishlab chiqarish va ularning chakana savdosiga ixtisoslashgan bo‘lib, u Toshkentda o‘z do‘konlari tarmog‘ini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Uchrashuvda kompaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Antonio Da Silva o‘z kompaniyasi tarixi haqida so‘zlab berdi va kompaniya ishlab chiqarishi dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida joylashganligi, xodimlar soni 100 mingga yaqinligini ta’kidladi.
Uchrashuv ishtirokchilari Decathlon kompaniyasi mahsulotlarining poytaxt bozoriga chiqishi ahamiyati va hokimlik tomonidan zarur yordam ko‘rsatilishi yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)