Chimkent neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda “PetroKazaxstan Oyl Prodakts” prezidenti Szyan Shi Xitoy Bosh konsulligi tomonidan Olmaotada uyushtirilgan press-turda ma’lum qildi, deb yozadi “Spot”.
Endilikda zavodni rejali ta’mirlash har bir yarim yilda bir, keyinchalik har uch yilda bir amalga oshiriladi.
“Endi Qozog‘iston bozoriga katta hajmdagi neft mahsulotlari tushadi. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, Qozog‘iston hukumati Rossiyadan importni to‘xtatdi. Bozorni to‘liq ta’minlamoqdamiz. Hozirda neft mahsulotlarimizni eksport qilish variantini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi Szyan Shi.
Bundan tashqari, modernizatsiya neft qayta ishlash chuqurligini 50 foizdan 80 foizgacha oshirish imkonini berdi. Hozirda zavod ishlab chiqarish hajmini uch karra oshirib, 15 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
Izoh (0)