Yevroparlament Turkiyaga Yevropa Ittifoqining joriy yilgi budjetidan 70 million yevro ajratish haqidagi qarorini bekor qilishga qaror qildi. Bunga mamlakatning qonun ustunligi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan shartlarni bajarmaganligi sabab bo‘ldi. Bu haqda Yevroparlament xabarida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Parlament 2-oktabr kuni pre-accession assistance — mamlakatlarni Yevropa Ittifoqiga kirishiga tayyorlashda ajratiladigan yordam doirasida Turkiya uchun mo‘ljallangan 70 million yevro ajratishni bekor qilishga qaror qildi. Chunki qonun ustuvorligini yaxshilashga qaratilgan shartlar bajarilmagan”, — deyiladi relizda.
Mazkur 70 million yevro endilikda Yevropa Ittifoqi budjetining migratsiya masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlariga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)