Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasiga izoh berdi. Bu haqda “Repost.uz” ma’lum qildi.

Foto: “Repost.uz”

Tarmoqqa o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tib, xalqaro trafikni o‘tkazish uchun noqonuniy bog‘lanish, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki qurilma vositalarini saqlash yo faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish jarima bilan jazolanadi.

Buning uchun eng kam ish haqining 100 dan 300 barobarigacha jarima solish, bir yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi taklif etilmoqda.

VPN’dan odatiy foydalanganlik uchun jarima ko‘zda tutilmagan.