“Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari Somali poytaxti Mogadishoda Italiya harbiy konvoyiga hujum qildi. Bu haqda mahalliy Garowe Online nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hujum oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana besh kishi jabrlangan.
Hodisa guvohining ma’lum qilishicha, portlovchi moddalar bo‘lgan mashina Italiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan harbiy kolonnaga zarba bergan. Oqibatda avtomobillardan biriga zarar yetgan.
“Ash-Shabob” terrorchilik guruhi yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. Nashrning ta’kidlashicha, guruh terrorchilari ilk bor Yevropa Ittifoqi missiyasiga hujum qilgan. Ittifoq o‘quv missiyasi hozircha mazkur hodisaga izoh bermagan.
Izoh (0)