Andijonlik soliq to‘lovchilarga yana bir qulaylik yaratildi. Endi yer va mol-mulk solig‘ini to‘lash uchun davlat soliq inspeksiyasiga yoki bankka borib navbat kutish, vaqtni behuda o‘tkazish hollariga barham berildi, deb yozadi O‘zA.
Aholi bundan buyon soliqlarni viloyat prokuraturasi, davlat soliq boshqarmasi hamda tijorat banklari hamkorligida “Insofli soliq to‘lovchi — iqtisodiyot tayanchi” shiori ostida tashkil etilgan va joylarga borib xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtomobillar — sayyor kassalar orqali to‘lashi mumkin.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida ish yuritayotgan mazkur sayyor kassalar jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashi, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
Shu o‘rinda fuqarolar belgilangan tartibga ko‘ra, yer va mol-mulk solig‘ini 15-oktabrga qadar to‘lashi, ana shu muddatdan o‘tgan har bir kun uchun soliq summasining belgilangan foizi miqdorida penya hisoblanishini unutmasligi lozim.
Izoh (0)