Yaponiya janubi-g‘arbida “Trami” tayfuni tufayli 4,3 milliondan ortiq odam hukumatdan evakuatsiya haqida tavsiya oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hozirda siklon Kyusyu oroli hamda Xonsyu orolining janubi-g‘arbiy qismi orasida harakatlanmoqda. Tayfun markazidagi shamol tezligi sekundiga 45 metrdan oshadi.
Darhol evakuatsiya qilish buyrug‘i 269 234 kishiga aloqador. 4,072 million kishiga hozircha faqat tavsiya berildi.
Izoh (0)