O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Hindistonning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlar olib tashlangani, xorijlik investorlar uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.
Hindistonlik ishbilarmonlar Prezident rahbarligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonga investitsiya kiritish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Izoh (0)