Samarqand tumanining Yangiariq mahallasida 23-maktabgacha ta’lim muassasasi salkam 4 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Yangi obyektning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi Shuhrat Jamolov “20172021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumanda joriy yil davomida uchta maktabgacha ta’lim muassasasi yangi qiyofada foydalanishga topshirilganligini bildirib o‘tdi. Yil yakunigacha yana beshta bog‘cha ochilishi hamda tumanda bolalarni bog‘chaga qamrovi 600 nafarga oshishi rejalashtirilganligini bildirib o‘tdi.
Ochilish marosimida bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari barchani xushnud etdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar mashg‘ulot xonalari, yotoqxonalar hamda oshxonadagi zamonaviy shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
“Yarim asr avval qurilgan bu bino ancha ta’mirtalab holga kelib qolgandi, — deydi bolalar bog‘chasi mudiri Shaxnoza Shodiyeva. — Mahalliy budjet va homiylar ko‘magida bog‘chamiz zamonaviy ko‘rinishga keldi. Endilikda to‘rtta guruhda 100 nafar bolalar ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Xonalar Koreya tajribasi asosida jihozladi. Yotoqxona va mashg‘ulot xonasi bitta bo‘lib, yotoq jihozlari ustma-ust holda xonaning bir chekkasiga taxlab qo‘yiladi. Bolaning ixtiyoriy mashg‘ulotlar olib borishi uchun ilg‘or texnologiyalar asosidagio‘yin burchaklari tashkil etildi”.
Izoh (0)