Janubiy Koreya hukumati 2007-yilgi sammitda Koreyalar o‘rtasida deklaratsiya imzolanganligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi uchun 150 kishidan iborat delegatsiyani yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bugun Kesonda Koreyalar o‘rtasidagi qo‘shma muvofiqlashtiruvchi byuro rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shimol va Janub 4—6-oktabr kunlari Pxenyanda 2007-yilning 4-oktabrida imzolangan deklaratsiyaning 11 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarini o‘tkazadi. Ularda biz tomondan 150 kishidan iborat delegatsiya ishtirok etishi taklif etildi”, — deyiladi Koreya Respublikasi birlashish vazirligi xabarida.
Tomonlar hozircha delegatsiya tarkibi, uning harakatlanish yo‘nalishi va Pxenyandagi dasturlarni muvofiqlashtirishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)