Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) Moliya va tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ingrid van Veyes xonim boshchiligidagimazkur bankdelegatsiyasi 27-sentabr kuni aksiyadorlik innovatsiya tijorat “Ipak Yo‘li” bankiga tashrif buyurdi.
Bank rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvdatomonlaro‘zaroqiziqish uyg‘otgan ikki tomonlama masalalarni muhokama qildi.
OTB delegatsiyasi, shuningdek, Toshkentda o‘tkaziladigan kichik va xususiy biznes sohasini kreditlash masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiyada ishtirok etadi. Shu bilan birga, Samarqand shahridagi“Meva-sabzavotchilik sektorida qo‘shimcha qiymat ketma-ketligini rivojlantirish” loyihasi doirasida OTB tomonidan moliyalashtirilayotgan korxonada bo‘ladi.
“Ipak Yo‘li” bankining Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorligi 2006-yildan kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish yo‘nalishida boshlangan.
2013-yil aprelida OTB “Ipak Yo‘li” bankining aksiyadori bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu Markaziy Osiyoda OTBning tijorat banki nizom kapitaliga dastlabki kiritgan sarmoyasi bo‘ldi.
2006-yildan hozirgi kungacha “Ipak Yo‘li” banki kichik va xususiy biznesni moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 91,3 mln AQSh dollari bo‘lgan beshta moliyalashtirish liniyasi olindi. Ushbu mablag‘dan 61 mln dollari miqdoridan oshig‘i bank tomonidan muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi.
OTB bilan tuzilgan bitim doirasida menejment tavakkalchiligi va operatsiyalarni nazorat qilish mexanizmi, korporativ boshqaruv tizimini, shuningdek, ekologik va ijtimoiy tavakkalchilikni boshqarish tizimlarini takomillashtirishga texnik yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
“Ipak Yo‘li” banki 1990-yilda tashkil etilgan universal tijorat banki hisoblanadi. 2018-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, bankning umumiy aktivlari 3,3 trln so‘mni tashkil etdi, bank tomonidan berilgan kreditlarning joriy qoldig‘i 2,4 trln so‘mga yetdi. Bank respublikaning turli shaharlarida joylashgan 15 ta filial va 53 ekspress-markaziga ega.
“Ipak Yo‘li” banki ijtimoiy tarmoqlarda:
FacebookTelegramInstagramYouTube
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)