28-sentabr kuni 09:00 da ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasi va DIGITAL UZBEKISTAN forumi doimiy an’anaga muvofiq OAV vakillari va ishtirokchilarni ro‘yxatga olish bilan boshlandi.
DIGITAL UZBEKISTAN forumi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning kirish nutqi bilan start oldi. Bu yil haftalik ishida sammitdan voz kechilgan.
Sohadagi mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat 17 nafar spikerning taqdimotlari ichida ayni damda mamlakat uchun ahamiyatli bo‘lgan ikki soha: elektron hukumat tizimi hamda ta’lim tizimiga innovatsiyalarning joriy etilishi mavzulari yig‘ilganlarga ayniqsa qiziq edi.
Hamma ham, masalan, 2030-yilga kelib raqamli hukumatga aylanishni istaydi. Ammo davlatning raqamlashtirilishi hamda fuqarolar bilan aloqaga kirishishi nafaqat katta yengillik, balki kam bo‘lmagan miqdordagi tavakkalchilikni keltiradi. Ayni shu tavakkalchilikni tushunib, boshqara oladigan, strategiya ishlab chiqa olgan davlatlaning dasturlari balanslashgani, chuqurligi va samaradorligi bilan farq qiladi. Keling, men elektron hukumat keltirishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklardan asosiysini ta’kidlab o‘tsam. Bu fuqaroning elektron hukumat tizimidagi ma’lumotlarining xavfsizligi va ishonchliligi. Zero, raqamlashgan tizimdagi har qanday sanksiyalanmagan hujum yoki nosozlik har bir shaxsning ma’lumotlarini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi. Buning talofatlarini hamma davlatlar ham yetarlicha baholay olmaydi.Boris Poretskiy, ERNST&YOUNG MChJ xalqaro auditorlik kompaniyasi hamkori “Hukumatlarning raqamlashishini nima boshqaradi? Tendensiya va misollar” ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Oldindan belgilab olgan rejalarimizga muvofiq, biz birinchi navbatda barcha ta’lim muassasalarini kengtarmoqli inernet bilan ta'minlashni yo‘lga qo‘yish harakatini olib boramiz. Bunda internet tezligi 10 mb/soniyani tashkil etishiga erishmog‘imiz lozim. Shuningdek, eng asosiysi, interaktiv-ta'lim xizmatlari portal xizmatlarini mukammal yo‘lga qo‘yish rejamiz bor. Bunda ta’lim muassasalarining elektron bazasi, jumladan, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, davomati, sinf jurnali, kundaliklar va hokazolarni o‘zida jamlaydigan tizim tashkil etiladi. Shu yilning oktabr oyidan esa 24 soat ishlaydigan, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilardan shikoyat va takliflarni qabul qiluvchi call-markazimiz yo‘lga qo‘yiladi.DIGITAL UZBEKISTAN forumida muhokamalar davom etayotgan bir paytda parallel ravishda ICTEXPO ko‘rgazmasida turli IT-kompaniyalar va davlat tashkilotlari bir yil ichida erishgan innovatsiyaviy yutuqlarini tashrif buyurganlarga namoyish etdi. Biz eng ko‘p qiziqishga sazovor bo‘lgan ikki stendga yaqinlashdik. Bularning birinchisi interaktiv robotlar. Suratdagi robot Interactive Robot Solutions MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan. U inson bilan mustaqil muloqot qiladi. Hazilomuz so‘zlarni ko‘p ishlatadi va kayfiyatni ko‘taradi. Robot atrofiga ko‘plab odamlarni to‘play oladi, bu esa tijoratda mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilishda qo‘l keladi.Kelgusi yildan esa pilot shaklda bolalarni maktabga elektron shaklda yagona oyna prinsipida avval Toshkent shahrida, keyin boshqa hududlarda joriy etmoqchimiz. Bu korrupsiya holatlarining oldini olish va tizimdagi ma'lumotlarni bilib turishimizni osonlashtiradi. Xususiy sektor bilan izchil hamkorlik, steam-sinfxonalar, ayrim maktab yo‘nalishlarini autsors shaklida olib borish kabi rejalarimiz ham jiddiy ishlashni talab etadi va hozirda buning uchun barcha chora-tadbirlarni olib boryapmiz.
Sarvar Boboxo‘jayev, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, “Xalq ta’limi tizimiga axborot-kommunikatsiya vositalarining joriy qilinishi” ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada e’tiborli bo‘lgan yana bir stend elektron hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, yuborish va yetkazib berishni taklif etuvchi “faktura.uz” xizmati sanaladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, tizim juda oddiy ishlaydi, kompaniya o‘zining hujjatlar bazasini ishlab chiqishni tizimga beradi, istagan vaqtda tizimdan birgina harakat bilan ularni oladi va kerakli joyga yuboradi. Vositalar, inson resurslari, vaqt tejaladi, saqlashga qulay.
Xulosa qilib aytganda, bu yilgi haftalikning ko‘rgazma va forumi uning ishtirokchilariga o‘zaro manfaatli kelishuvlar olib keladi oladi, deb umid qilamiz.
Aytgancha, ayni damda ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasi va DIGITAL UZBEKISTAN forumi bilan parallel tarzda Qozog‘istonda Astana Media Week – 2018 haftaligi ham o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)