O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda tashqi siyosat idoralari rahbarlarining MDH ishtirokchi davlatlar rahbarlari bo‘lajak majlisi kun tartibini muhokama qilishi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)