O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi jamg‘armaning Facebook’dagi sahifasida u kishining qayerda va qanday dam olgani haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘ldi.

Toshkent viloyati, Qaynarsoy. 2016-yil. Foto: Islom Karimov nomidagi jamg‘arma

U Birinchi Prezidentning rafiqasi, Tatyana Karimova bergan intervyudan olingan parchadan iborat.

“Odatda, yillik mehnat ta’tillari bir haftadan oshmasdi, shunda ham bu yil bo‘yi olinadigan ikki-uch kunlik qisqa tanaffuslar edi.

Biz o‘sha kezlar toqqa, Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskaniga chiqardik. U kishi mahalliy manzaralarni yaxshi ko‘rar, yurtimiz tabiati go‘zalligini benazir deb hisoblar edilar”. — Tatyana Karimova.