Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
2019-yil 1-iyuldan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi tajriba shakli joriy qilinadi.
Ushbu tizim farmatsevtika mahsulotlari haqida batafsil axborot olish, elektron retsept orqali farmatsevtika mahsulotlarini shifokorlar tomonidan tayinlash tizimini joriy qilish imkoniyatini beradi.
Axborot tizimini UZINFOCOM MChJ ishlab chiqadi.
Izoh (0)