Britaniya orollariga Ali po‘rtanasi yopirilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘n minglab uy chiroqsiz qoldi. Bu haqda turli mintaqalarning qutqaruv xizmatlari xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
NIE Networks energetika kompaniyasining ma’lum qilishicha, Shimoliy Irlandiyada 65 mingta uy chiroqsiz qolgan, ulardan 24 mingtasida elektr ta’minotini tiklashga erishilgan. Noqulay ob-havo oqibatida transport vositalari qatnovida uzilishlar, poyezdlar va avtobuslar qatnovining bekor qilinishi yuzaga kelgan.
Oceania Cruises kruizlar operatoriga ko‘ra, unga tegishli kemalardan birini po‘rtana dengizga surib ketgan, undagi barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Angliya shimolidan qulagan daraxtlar va ko‘tarma kranlar haqidagi xabarlar kelib tushgan.
Kuchli shamol sababli Irlandiyadagi qoyadan qulab tushgan avtofurgon ichida bo‘lgan ayol tabiiy ofat qurboniga aylangan.
Izoh (0)