Markaziy bank O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: UzNews

MBga ko‘ra, joriy yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistondagi 28 ta bank tomonidan 18 milliondan oshiq plastik karta muomalaga chiqarilgan. O‘rnatilgan to‘lov terminallari 243 236, bankomat va infokiosklar soni esa 6279 tani tashkil etgan.

Yil boshidan 1-sentabrga qadar to‘lov terminallari orqali kelib tushgan tushumlar esa 39,278,67 million so‘mdan iborat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Uzcard tizimi ishdan chiqqani O‘zbekistondagi savdolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani, aholi plastik kartochkalardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.