Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda bugun, 14-sentabr kuni tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Shu munosabat bilan soat 19:00 dan 22:00 gacha transport harakatlanishi uchun quyidagi ko‘chalar yopiladi:

Zarafshon ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha;

Buxoro ko‘chasi — Nuroniy ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha;

Buyuk Turon ko‘chasi — Matbuotchilar ko‘chasigacha;

Islom Karimov ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha.