2018-yilning 9-sentabrida Central Park’ da RC Cola “AMERIKAda Ta’til” aksiyasining ikkinchi o‘yini o‘tkazildi. O‘sha kuni sahna oldi odamlar bilan gavjum bo‘ldi: brendning firma roliklari non-stop rejimida aylanib turgan katta ekran, boshlovchilarning qattiq ovozi va sho‘x-shodon musiqa bog‘da sayr qilib yurgan odamlarni o‘ziga tortar edi. Kattalarga ham, bolalarga ham, hammaga birdek qiziq bo‘ldi.

An’anaga ko‘ra Amerikaga yo‘llanmalarning o‘ynalishi jyuri: Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish boshqarmasi xodimi, RC Cola Uzbekistan brendi va “Global Study” o‘quv-markazi vakillari kuzatuvi ostida o‘tkazildi. Raqamlar yopishtirilgan sharlar, xolis lototron va qayd etilgan kodlar bilan Excel-fayllarning katta ekranga chiqarilishi g‘oliblarning adolatli va xolis tanlovini ta’minlash imkoniyatini berdi.

Har bir xohlagan odam g‘olib kodlarni aniqlashda o‘z hissasini qo‘sha oldi: lototrondan raqamli sharlarni boshlovchilar, jyuri a’zolari, musiqachilar, Elza bilan birgalikdagi qorbobo Olaf va albatta, eng manfaatdor va minnatdor tomoshabinlar – bolalar olib turishdi. Har doim ham g‘olibni aniqlash oson bo‘lgani yo‘q. Ba’zan yutuqli kodni aniqlash uchun ketma-ket bir necha sharlarni lototrondan olishga to‘g‘ri keldi.

Qayd etilgan 2 million kodlardan ushbu kecha omad o‘ntasiga kulib boqdi. “AMERIKAda Ta’til” aksiyasining Qarshi, Toshkent, Andijon, Guliston, Angren va Navoiy shahridagi g‘oliblari sharafiga tabrik musiqalari jarangladi va har tusdagi mushaklar otildi. Ushbu yakshanba kuni Central Park’dan qo‘ng‘iroqni qabul qilib olgan g‘oliblarning o‘zlari esa birdaniga omadlari kelganiga biroz ishonmay turishdi.

RC Cola brendi ikkinchi o‘yinni yorqin bayramga aylantirdi. Tashrif buyuruvchilar bepul RC Refresher limonli va apelsinli setlarini munosib baholashdi. Shu kuni RC Cola’dan esdalik sovg‘alari bilan tanlovlar o‘tkazildi. Qatnashchilar musiqani topishda bahslashishdi, faol ravishda intellektual viktorinaning savollariga javob berishdi, she’rlar aytib berishdi va hattoki hech bir tayyorgarliksiz raqs fleshmobini o‘tkazishdi.

“AMERIKAda Ta’til” aksiyasining yaxshi musiqasi va raqs kayfiyati uchun javobgarlikni mahalliy va xorijiy estradaning sho‘x xitlarini jonli ijro etgan “Novella” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Musiqiy tanaffuslar paytida bolalar ishtiyoq bilan raqsga tushishdi, sovg‘a qilingan sharlar bilan o‘ynashdi, rosa quvnashishdi va animatorlar bilan birga fotosuvratlarga tushishdi.

Tashkilotchilar aksiyani 2018-yilning 30-dekabrigacha uzaytirganliklari va o‘ynaladigan yo‘llanmalarning miqdorini oshirganliklari yana bir xush xabar bo‘ldi. Sizning farzandingiz inglizzabon muhitga cho‘mish va dunyodagi eng katta Disneyland’ni ko‘rish imkoniyatini beradigan unutilmas ta’tillarni yutib olishga hali ulguradi. Sariq qopqoqli RC Cola ichimliklarini xarid qilib oling, kodlarni qayddan o‘tkazing, pul mukofotlarini oling va Amerikaga qolgan 16 ta yo‘llanmalarning o‘yinida ishtirok eting!

Ikkinchi o‘yin translyatsiyasini yakshanba kuni 2018-yilning 16-sentabrida soat 18:20 da “Sevimli” kanalida tomosha qiling.

RC Cola’dan «AMERIKAda Ta’til» aksiyasi ikkinchi o‘yini g‘oliblari kodlarining ro‘yxati

Kodi
1 7506154147
2 7793739381
3 7266319960
4 7459814676
5 7979590759
6 7058229305
7 7069332843
8 7595794919
9 7505075775
10 7589873147

Reklama huquqi asosida