O‘zbekistonda 14-sentyabr kuni soat 02:31 da yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Podrobno.uz”

“Zilzila Afg‘onistonda, Toshkentdan 463 kilometr janubda sodir bo‘ldi. Epimarkazdagi magnitudasi 5,1 ni tashkil etdi”, — deya ma’lum qildi FVV seysmoprognoz monitoringi markazi.

Yer silkinishi kuchi Farg‘ona, Guliston va Termizda 2 ballga teng bo‘ldi.