“Sirdaryoavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtosalonga kelish imkoniyati, vaqti bo‘lmagan, uzoq manzildagi mijozlar uchun ularning xohishiga ko‘ra avtomobil xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni ularning uylarida tuzish imkoniyati yaratildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Hozirgacha o‘n nafar fuqaro ana shunday qulaylikdan foydalandi.
“Mijozlar shartnoma imzolangandan so‘ng yetti ish kunida xohlagan shaklda to‘lovni amalga oshiradi va mazkur kelishuv hujjatida ko‘rsatilgan muddat ichida o‘z avtomobillariga ega bo‘ladi. Qolaversa, yaqinda salonimizda 45 daqiqa mobaynida xaridorga rasmiylashtirib berishga mo‘ljallangan avtomobillarni shanba—yakshanba kunlari ‘Ochiq osmon ostida’ aksiyasi doirasida sotuvga qo‘yishni ham boshladik”, — deydi mazkur MChJning savdo va marketing bo‘yicha mutaxassisi Matluba Xudoyberdiyeva.
Izoh (0)