Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 11-sentabr kuni tuman IIB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda shu kuni “Kishmishtepa” MFYda yashovchi J.T. o‘ziga nisbatan bo‘lgan ma’muriy materialni ijobiy hal qilib berish evaziga 450 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qilayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Mazkur axborot yuzasidan 12-sentabr kuni viloyat IIB va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro J.T. xodimga xizmat xonasida 450 ming so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)