Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatishini bildirgan GM Uzbekistan uning o‘rniga qanday avtomobil ishlab chiqarilishi hozircha ma’lum qilgani yo‘q. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Chevrolet

Ko‘pchilik yaqinda Jizzax forumida ommaga namoyish qilingan Chevrolet Tracker Captiva o‘rniga keladi degan fikrga borishi mumkin, lekin bu noto‘g‘ri. Chunki Tracker Captiva’dan ancha kichik bo‘lib, u kompakt krossoverlar sinfiga kiradi.

Chevrolet Amerika bozorida Captiva o‘rniga Equinox modelini savdoga chiqargan. Ayni damda Equinox Kanadaning Ontario shahrida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning global bozorlardagi modellari Amerika bozorida sotilayotgan modellarga yil sayin ko‘proq o‘xshab borayotganligini hisobga olganda, aynan Chevrolet Equinox O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Chevrolet Equinox.
Foto: Chevrolet

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada Captiva o‘rniga aynan Chevrolet Equinox sotilmoqda.