Iroq shimolidagi Tikrit shahridan shimoldagi restoran yaqinida portlovchi qurilmalar bo‘lgan avtomobilning portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 32 kishi yaralandi. Bu haqda Al-Sumaria telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Tikrit shahridan shimolda joylashgan al-Xajaj tumanidagi “al-Qal’a” restorani yaqinida portlovchi qurilmalar bo‘lgan avtomobilning portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi, 32 kishi jabrlandi”, — deydi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.
U yaralanganlar davo muolajalari uchun mahalliy shifoxonalarga yetkazilganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)