Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 12-sentabr, chorshanba kuni Filippin televideniyesi efirida muxolifatchilar guruhi unga nisbatan suiqasd tayyorlayotganligi haqida ma’lumot olganligini bildirdi, deb yozadi “Interfaks”.
U xorijiy davlatdan buning dalilini olganligini ta’kidladi. “Menga ularda hozir bunday reja borligini (suiqasd rejasi) ma’lum qilishdi”, — dedi Duterte, biroq qaysi mamlakat buni unga ma’lum qilganligiga aniqlik kiritmadi.
Filippin prezidenti bu reja ortida ehtimol muxolifat, isyonchi maoistlar va sobiq harbiylar turganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, ular avval ham bu kabi suiqasdni amalga oshirishga uringan.
Izoh (0)