Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasi orqali bayonot berdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni Toshkentga keladi. Asosiy muzokaralar 13-sentabr kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi, ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi”, — deyiladi bayonotda.
Davlat rahbarlarining poytaxtdagi sanoat korxonalari, Belarusda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)