Aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Intervyu davomida aktrisa o‘zining “Miel” brendi haqida to‘xtalib, ushbu kichik korxona orqali o‘ttiz odamni ish bilan ta’minlagani haqida gapirib berdi.
Qizlarimiz ko‘pincha uyda o‘tiramiz, o‘zimizga ham, turmush o‘rtog‘imizga ham yoqadigan, kundalik hayotda kiyib yuradigan kiyim topishga qiynalamiz deb yozishardi. Shaxsan o‘zim muxlislarim, qizlar uchun deya boshida ilk kolleksiyani chiqarganimizdan so‘ng uy bekalari, yosh qizlar uchun kiyimlar tikishni yo‘lga qo‘yganmiz. Bugungi kunda mazkur kichik korxonada o‘ttiztacha xodim ish bilan band.Asal Shodiyeva, aktrisa