Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimligi tomonidan “Bo‘zatov” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi I guruh nogironi Rafiq Asenovga 7 xonali uy bepul berildi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
“Ukam Rafiqjonning ko‘zi ojiz, — deydi opasi Gulzada Asenova. — Ishsiz. Oilali. Xotini ham nogiron. Bir farzandi bor. Nogironlik nafaqasi uchun oyiga 350 ming so‘m oladi. Uning ham aksariyat qismini ko‘zi uchun dori-darmonga sarflaydi. Uy-joyi yo‘qligidan qiynalar edi. Tuman hokimligiga ushbu masala yuzasidan qilgan murojaatimiz ijobiy hal etilganidan behad mamnun bo‘ldik. Ukamga 7 xonali uy bepul berildi. Buning uchun ana shunday xayrli ishlar tashabbuskori Prezidentimizga va barcha mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman. Ming bor tashakkur”.
Izoh (0)