Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman markazi Juma shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus–2018” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Tadbirda sanoat sohasi, maishiy xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 80 nafardan ortiq tadbirkor, shuningdek, fermer va hunarmandlar o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, ishtirokchilar sanoat sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, xizmat ko‘rsatish sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirokchilar aniqlandi.
Izoh (0)