Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches 3-sentabr, dushanba kuni Kataloniya uchun ko‘proq avtonomiya masalasida referendum o‘tkazishni taklif qildi. Biroq u mustaqillik uchun ovoz berish imkonini istisno etdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sanches u Madrid va Kataloniya o‘rtasida rag‘batlantirayotgan muloqot mintaqaning “avtonomiyasini kuchaytirish uchun” ovoz berishga olib kelishi lozimligini ma’lum qildi.
“Bu avtonomiya uchun referendum, o‘z taqdirini belgilash uchun emas”, — dedi u, biroq ovoz berishni o‘tkazish uchun vaqt cheklovlariga aniqlik kiritmadi.
Sanches iyun oyida lavozimini egallagandan so‘ng hukumat kataloniyalik separatistlar bilan kamroq qarama-qarshilikda bo‘lishi, biroq hududning mustaqilligiga qat’iy qarshi ekanligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)