AQSh prezidenti Donald Tramp Indianadagi siyosiy tadbirda chiqish qila turib, mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyatiga nisbatan nafratiga yana bir marta e’tibor qaratdi, deb yozadi EADaily.
“Adliya vazirligimiz va Federal qidiruv byurosi o‘z ishini bajarishni boshlashi va buni to‘g‘ri va yaxshi amalga oshirishi lozim. Odamlar norozi. Hozir yuz berayotganlar narsalar — sharmandalik”, — dedi prezident.
“Bunga aralashishni istamagan edim, biroq qaysidir lahzada barchasi iziga tushmasa… bunga majbur bo‘lsam, aralashaman”, — ogohlantirdi Tramp.
Kuni kecha prezident uning saylovoldi shtabi va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv yuzasidan surishtiruvni “noqonuniy” deb atadi. Tramp Bloomberg agentligiga intervyusida surishtiruvdan chetlashgan AQSh adliya vaziri Jeff Seshns o‘z lavozimidan, eng kamida, noyabr oyidagi Kongress oraliq saylovlariga qadar tashvish chekmasligi mumkinligini ma’lum qildi.
Izoh (0)