Bugun, 1-sentabr sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalarida final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Hozirgina -64 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov final jangini o‘tkazdi. Unga hal qiluvchi jangda mo‘gulistonlik Chinzorig Baatarsux raqiblik qildi. Hakamlar 5:0 hisobida o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa O‘zbekistonning oltin medallari soni 18 taga yetdi.

Biroz avval -49 kg va -60 kg vaznda Hasanboy Do‘stmatov, Shunqor Abdurasulov kumush, -52 kg vazndagi Jasurbek Latipov hamda -56 kg vaznli bokschi Mirazizbek Mirzhalilov esa oltin medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.

Bugun, shuningdek, yana 2 nafar bokschi final jangida ishtirok etadi.

  • -69kg: Bobousmon Baturov- Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
  • -75kg: Isroil Madrimov- Abilxan Amankul (Qozog‘iston)